23:06 / 07.08.2022
1 482

«Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi». Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi haqida

«Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi». Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi haqida
Tadbirkor, «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Twitter ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan audiochatlardan birida hokimlarning o‘z hududidagi xalq deputatlari kengashlariga boshchilik qilishi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Uning fikricha, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud organlari bir-biridan ayro bo‘lishi, biri boshqasini nazorat qilib turishi kerak — bu demokratiya prinsiplaridan biri. Ular orasidagi har qanday tutashuv, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi.

«Ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Endi nazorat qilinayotgan organning rahbari o‘sha nazoratchilarga ham rahbar bo‘lishi, menimcha, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ularni ajratish kerak.

Bundan tashqari, har bir kengash (tuman/shahar, viloyat, Oliy Majlis) deputatlariga oylik berilishi kerak. Agar bu uchun hududiy budjetda mablag‘ bo‘lmasa, bu kengashning o‘zi ham bo‘lmagani yaxshi.

Shuningdek, tuman yoki shahar kengashi deputatlari ham bunga ish sifatida qarashi kerak. Kengash a’zolari asosiy ishidan chekinib turgani to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki Senatdagi manfaatlar to‘qnashuvi o‘sha kichkina tuman kengashida ham bo‘lishi mumkin
», — deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi». Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi haqida