Salqin ichimliklar qadog‘iga e’tibor qilinsa, sovutilgan holda ichishni, quyosh nurida qoldirmaslikni yozib qo‘ygan. Bu yil yoz har yilgidan issiqroq keldi. Ichimlik suviga ehtiyoj ham tabiiyki, ko‘proq. Do‘konlarda muzdek ichimliklarning turi va salmog‘i ko‘p. Oddiy suv olaman deb kirib, qadog‘i chiroyli yoki foydali biror ichimlik ko‘tarib chiqayotgan odamlar ham bor.
Aslida gap bunda emas, ichimlik suvlarini saqlash sharoiti haqida. Do‘konlar oldida suv borligini bildirish uchun plastik idishli ichimliklar minora qilib qo‘yilgan. Bu birinchidan, reklama. Ikkinchidan, dekoratsiya. Shu yil yozda qizim oddiy suv ichib, isitmalab kasal bo‘p qoldi. Buni suvlardan reklama va dekoratsiya sifatida foydalanish oqibati deb bildim. Bugun do‘kon ichkarisida sovutilgan holda sotilayotgan bo‘lsa ham kecha u qay sharoitda saqlangani noma’lum.
Bunday holni shahar va shaharlarni bog‘laydigan magistral yo‘llar yoqasida ko‘p uchratyapmiz. Keyin savol paydo bo‘ladi. Oddiy suv saqlash shartlariga amal qilinmay sotilayotgan ekan, boshqa mahsulotlar haqida nima deyish mumkin?
Bu haqda sog‘liqni saqlash, sanitariya epidemiologiya vakillari shug‘ullanishini kutmay o‘zimiz har bir do‘kondan mahsulot xarid qilayotganda uning saqlanish sharoiti, yaroqlilik muddati haqida o‘zimiz qiziqsak, maqsadga muvofiq. Bugun to‘ylarda va boshqa tadbirlarda noma’lum ovqatlardan ommaviy zaharlanish holatlari oz bo‘lsa-da uchrab turibdi. Sababni ovqat va salatlardan izlashadi. Aslida oddiygina suv ham saqlash sharoitiga qarab organizmga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Bu yerda faqat suv haqida gapirdim. Elektr o‘chganda erib, qayta muzlagan muzqaymoqlar, sanitariya holatiga zid saqlangan boshqa oziq-ovqatlar boshqa mavzu. Xullas, ko‘chadan taom, hatto suv xarid qilganda ham e’tiborli bo‘lish lozim.
Manzura SHAMS
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin