1 152
«Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Sobirobod» mahallasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda 10 mingga yaqin aholi yashaydi. Mahallabay tizim natijasida ijtimoiy muhim masalalar hal etilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning qiyofasi yangilandi, yo‘laklari, kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlangan.
Mahalla hududidan o‘tuvchi Yuqori Qoraqamish kanali atrofi ilgari qarovsiz, ko‘rimsiz joy bo‘lgan. Endilikda piyodalar uchun ko‘priklar, bolalar o‘yingohi va sport maydonchalari, velosiped yo‘lagi, favvora qurilgan. O‘rindiqlar, shaxmat stoli, charxpalak o‘rnatilgan. Daraxtlar ekilib, chimlar yotqizilgan. Kanal atrofidagi hududda 300 metr uzunlikdagi ishkomlar o‘rnatilib, uzumlar ekilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. Mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Hozir mahalla faollari katta bir ‘komanda’ bo‘ldi. Raisning yonida o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika noziri bor. Bo‘lgandayam, oyligi, sharoiti, vakolati bilan bor. Endi shunday munosabatga javoban mas’uliyat ham bo‘lishi kerak. Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak», – deydi Shavkat Mirziyoyev.
«Sobirobod» mahallasining o‘sish nuqtasi — tadbirkorlik. Bu yerda o‘nlab sub’ektlar – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat shoxobchalari, xususiy klinikalar, oziq-ovqat do‘konlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu yerda bosh vazir o‘rinbosarlari mahalla faollari oldida Yunusobod tumaniga qancha investitsiya jalb etilishi, qancha ish o‘rni yaratilishi bo‘yicha axborot bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi