1 097
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston temir yo‘llari rahbarlari yangi transport koridorini tashkil etish masalasini muhokama qildi
Qirg‘iziston va Afg‘oniston temir yo‘llari rahbarlari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, unda Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston—Afg‘oniston yangi koridorini tashkil etish va ushbu yo‘lak bo‘ylab yuk tashish uchun o‘zaro manfaatli shart-sharoitlar yaratish, eng muhimi, raqobatbardosh tariflarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda «Qirg‘iziston temir yo‘li» MK davlat korxonasi bosh direktori A.Sakiyev, Afg‘oniston temir yo‘llari bosh direktori Baxt ul-Rahmon Sharafat, shuningdek, Xitoyning Wagkhan Corridor logistika kompaniyasi, Xitoy vakili janob Mao va Afg‘oniston vakili Janob Zabiulloh ishtirok etdi.
Ushbu koridor orqali yuklarni Xitoyning Qashg‘ar temir yo‘l stansiyasidan Qirg‘izistondagi O‘sh temir yo‘l stansiyasiga, O‘sh stansiyasidan Afg‘onistondagi Xayraton stansiyasiga temir yo‘l orqali tashish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar yillik yuk tashish hajmi 3500 konteynerni tashkil etadi va kelajakda yiliga 60 mingtagacha konteyner tashish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, raqobatbardosh tarif siyosatini hisobga olgan holda tomonlar kelajakda tarif chegirmalari masalasini muhokama qilishga va keyingi uchrashuvda tarif stavkalarini taqdim etishga kelishib olingan.
Uchrashuv davomida tomonlar yo‘lakni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishlarini va yangi tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi