Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt mashinasi yonib ketdi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt mashinasi yonib ketdi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 avgust kuni soat 22:00 larda, 4R 38 avtomobil yo‘lining Jizzax shahar “Olmazor” MFY hududidan o‘tuvchi 19-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Cobalt mashinasi yonib ketgan.

Sh.Rashidov tumani “Paxtaobod” QFYda yashovchi haydovchi Nexia mashinasini boshqarib kelayotib, Uchtepa-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib “Zilol” MFY chorrahasidan chapga qayrilib olayotgan, Sh.Rashidov tumani “Paxtaobod” QFYda yashovchi haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasining orqa tomonidan urgan. Oqibatda Cobalt mashinasida yong‘in kelib chiqqan va u to‘liq yonib ketgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar