16:00 / 12.08.2022
3 568

Jizzaxda 37 yoshli erkak 18 yoshli qiz unga turmushga chiqishni rad etgani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Jizzaxda 37 yoshli erkak 18 yoshli qiz unga turmushga chiqishni rad etgani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Jizzax shahridagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkak qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 avgust kuni soat taxminan 8:10 larda ushbu bog‘ hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari metall to‘siqqa arqon bog‘lab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni ko‘rib qolgan va uni bu yo‘ldan qaytargan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida noma’lum fuqaro 37 yoshli Q.B. ekani aniqlangan. Erkak u sevib qolgan 18 yoshli qiz unga turmushga chiqishni rad etgani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini aytgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda mutaxassis psixologlar tomonidan fuqaro Q.B bilan psixologik ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 37 yoshli erkak 18 yoshli qiz unga turmushga chiqishni rad etgani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi