Denov tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan Sho‘rchi tumani Kakaydi va Madanli mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosi o‘zanida joylashgan tosh va qumni qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ekti zimmasiga o‘sha manzilda joylashgan fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lni ochib qo‘yish majburiyati yuklatilgan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, sud qarorida ko‘rsatilgan manzil taraflar o‘rtasida muxokama qilinib o‘rganildi.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lni aniq belgilash imkoni bo‘lmaganligi sababli, ijro harakatlarini to‘liq amalga oshirish maqsadida soxa mutaxassislari jalb qilindi.
Shundan so‘ng, tadbirkorning kadastr hujjatlari bo‘yicha aniq chegarlari belgilab berildi hamda fermer xo‘jaligi olib boruvchi yo‘l belgilab olindi. Tadbirkor hamda fermer xo‘jaligi rahbari o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berilib, sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi