18:18 / 16.08.2022
2 953

Qarshi shahrida fuqaro o‘ziga benzin quyib yoqib yubordi

Qarshi shahrida fuqaro o‘ziga benzin quyib yoqib yubordi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida yashovchi fuqaro o‘ziga benzin sepib yoqib yuborganligi aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Videoyozuvda bir guruh fuqarolar Qarshi shahrida joylashgan, terini qayta ishlovchi Qarshi Leather qo‘shma korxonasi darvozasi oldida yig‘ilib, korxonadan chiqayotgan badbo‘y hid aholi xonadonlarigacha yetib borayotganini aytib, mutasaddilardan mazkur muammoga e’tibor qaratishlarini so‘rashgan.

Videoning davomida, murojaatchi yigit taksichilik qilib ishlab topayotgan puli korxonadan tarqalayotgan badbo‘y hid tufayli sog‘ligini yo‘qotayotgan bolalariga sarflanayotganini aytadi. So‘ng korxonaning Akbar ismli rahbari uning murojaatiga javoban yigitni yo‘q qilib yuborishini aytib, tahdid qilganini bildirib, cho‘ntagida bo‘lgan benzinni ustidan quyib, yoqib yuboradi.

Boshqa murojaatchilar darhol olovni o‘chirishadi. Ammo ungacha yigit tanasining bir qismi kuyib, terisi ajralib ketadi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Fuqaroning o‘zini yoqib yuborishi sabablari aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi shahrida fuqaro o‘ziga benzin quyib yoqib yubordi