18:44 / 16.08.2022
1 163

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni o‘zlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyat filiali murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh. joriy yil 16-25 iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan uchta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so‘mni o‘zlashtirib olgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi ta’minlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi