20:27 / 16.08.2022
1 099

Alisher Fayz: «Erkak va ayolning farzandlari oldidagi mas’uliyatlari konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi nihoyatda muhim»

Alisher Fayz: «Erkak va ayolning farzandlari oldidagi mas’uliyatlari konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi nihoyatda muhim»
Konstitutsiyaning 63, 64-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihaning ahamiyati va unga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz o‘z mulohazalarini bildirdi. U oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning ahamiyati haqida ham gapirgan.

«Yurtimizda eng muhim jarayonlardan biri — konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Shu o‘rinda men ham shu yurt farzandi sifatida ruxsatingiz bilan o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Masalan, bosh qomusimizda oila, ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligi asosida shakllanishi hamda jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qo‘yish lozim degan taklifga alohida e’tibor qaratilishini juda ham to‘g‘ri taklif deb bilaman. Sababi xalq orasida yuramiz, ko‘pchilik oilalarning yugurib, urinib, qiyinchilik bilan qilgan to‘ylarida xizmatda bo‘lamiz. Ko‘p vaqt o‘tmay shu oilalarning ajrashib ketganining guvohi bo‘lyapmiz.

Albatta, natijada barbod bo‘lgan oilaning orqasidan hattoki norasida farzandlari ham yetim qolayotgani insonni baribir bu mavzuga befarq qolmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham mana shu qoidalarni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishini nihoyatda muhim deb o‘ylayman, Bu nafaqat san’atkor sifatida, balki bir oilaning boshlig‘i, farzandlar otasi, shu yurt farzandi, kimningdir akasi, kimningdir ukasi, kimningdir do‘sti sifatida samimiy chin yurakdan aytilgan gaplar deb qabul qilasizlar.

Ilohim yurtimizning har bir oilasi tinch bo‘lsin. Xalqona qilib aytadigan bo‘lsak, farzandlar o‘z ota-onasi bilan birga qarisin, chunki bunaqa holat farzandning kelajakdagi hayotiga ta’sir qiladi. Shu bahonada yaxshi tilaklarimizni va kiritilayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan fikrimizni, munosabatimizni bildirishni lozim deb topdik
», — deydi xonanda.

63-moddaning amaldagi tahriri bunday: «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi». Mazkur modda quyidagicha tahrirga o‘tkaziladi:
  • Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini, aholini saqlab qolish hamda ko‘paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida bo‘ladi.
  • Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
  • Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi.
  • Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi.

64-moddada ota-onalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga ham yuklatilmoqda. Bu vazifalar qatoriga bolalarni voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashdan tashqari, ularning ta’limi, sog‘lom va to‘laqonli kamol topishi haqida qayg‘urish ham qo‘shilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Fayz: «Erkak va ayolning farzandlari oldidagi mas’uliyatlari konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi nihoyatda muhim»