Aprel oyida Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi doirasida ushbu korxona rahbariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 50 ming dollarni pora sifatida olgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida, ochiq sud majlisida tuman sudining sudyasi Anvar Ikromovning raisligida 1983 yilda tug‘ilgan, ilgari Uchtepa tuman prokuraturasida tergovchi lavozimida ishlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Toshkent shahar sudi matbuot xizmatiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 210-moddasi 3-qismining «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, JKning 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va prokuratura idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi