09:09 / 18.08.2022
1 607

Virtual olam va yoshlar

Virtual olam va yoshlar
(Tanlovga kelgan maqola)

Hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning virtuallashib borayotgani va bu narsa ayniqsa, yoshlar hayotida yaqqol ko‘zga tashlanayotganidir. Eng kichik yoshdagi bolalar ham ijtimoiy tarmoq nima ekanligi, undan qanday foydalanish mumkinligini biladi.

Inson dunyoda yashashdan maqsadi nima ekanligini bilmasa, u har tomondan yutqazgan hisoblanadi. Unga jon berilgan ekan, u buni ne’mat bilib, o‘z oldiga oliy maqsadlar qo‘yib borishi kerak. Har kuni yaxshi amallar qilib, atrofdagilarga yordam berishga harakat qilishi lozim. Inson birgina maqsad qo‘yib olib, shuni amalga oshirish ilinjida harakat qilib borsa, ketayotgan vaqti ham taqsimlangan bo‘ladi. Natijada, bekorchilikka vaqti qolmaydi.

Ilm egallash, kasb tanlash, hunar o‘rganish asosiy maqsadga aylanmas ekan, umr shamolga sovrilaveradi.

Yosh onalar bolalarini tinchlantirish maqsadida gadjetlardan foydalanishi, bola yig‘lasa qo‘liga telefon berib qo‘yib, o‘z ishi bilan andarmon bo‘lishi eng yomon holdir. Bolaga e’tibor kerak, telefon emas. Unga tarbiya beradigan eng ahamiyatli davrda telefon berilsa...

Bugun kitob o‘qimaydigan odamlarning bahonasi – yaxshi kitob yo‘q. Aslida juda qiziqarli, o‘qishli kitoblar mo‘l. Faqat ota-onalar farzandlariga yo‘nalish berishi va tanlashni o‘rgatishi lozim. Biror kitob haqida gap ketsa, elektron nusxasini so‘raydiganlar ko‘p. Kitobdan o‘qimgan odamni elektron nusxani o‘qishiga ishonmayman.

Taraqqiyot o‘z so‘zini aytib tribdi. Bugun texnika mo‘’jizasi bo‘lib ko‘ringan buyum ertaga oddiy matohga aylanib, o‘rniga yuz chandon yaxshisi chiqmoqda. Rivojlanishdan asosiy maqsad turmush tarzini yengillashtirishdir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” kitobida “Jumladan, matbuot va axborot vositalaridan foydalanishning ham me’yori bo‘lishi kerak. Ulardan o‘ziga, oilasiga, xalqiga va vataniga foydali bo‘ladigan narsalar haqida ma’lumotni olish mumkin. Buning uchun rejali ish yuritish kerak bo‘ladi. Ma’lum soatlarda ma’lum narsani ko‘rish, o‘qish yoki eshitish mumkin”.

Odam yuz yil yashasa ham umr qisqa. Uni ilm olish va o‘rganishga sarflagan ma’qul. Virtual olamdan ham ilm yo‘lida yaxshilik maqsadida foydalansak, o‘z-o‘zidan bu qurilmalar bizga xizmat qiladi. Aksincha, biz unga asir bo‘lamiz.

Madina Shoyoqubova

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virtual olam va yoshlar