940
Bo‘kada mas’ul shaxslar yo‘l ta’mirlash ishlariga ajratilgan 266 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Toshkent viloyatining Bo‘ka va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarida yo‘l ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «Bo‘ka tumani yo‘llardan foydalanish» UK mas’ul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yo‘llarni ta’mirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 266,8 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingani aniqlangan.
Shuningdek, Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Kitob tumani yo‘llardan foydalanish» UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar ushlangan. Ular tuman hududida amalga oshirilgan yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan bo‘lsa-da, 176,4 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi