15:00 / 20.08.2022
1 292

Yer qa’ri uchastkalarini hadya qilish va meros qilib qoldirish taqiqlab qo‘yiladi

Yer qa’ri uchastkalarini hadya qilish va meros qilib qoldirish taqiqlab qo‘yiladi
Qonunchilik palatasida “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi Vahob Murodqobilov xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida foydali qazilma turlari aniq belgilanyapti. Asosiy foydali qazilmalar (barcha metallar va uglevodorodlar) hamda noruda foydali qazilmalar (sement, oyna, kimyo xomashyolari, marmar, granit, bazalt, qum-shag‘al, ohaktosh va boshqalar)ga ajratilmoqda.

Belgilanayotgan normalar bilan geologik jihatdan kam o‘rganilgan hududlarni xalqaro standart asosida bloklarga bo‘lish tizimi joriy etiladi. Tegishli litsenziyalar talabgor murojaatiga ko‘ra “birinchi kelgan - birinchi oladi” prinsipi asosida shaffof mexanizmlar orqali beriladi. O‘rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlarni E-auksion platformasida onlayn-auksion natijalariga ko‘ra berilishi belgilanmoqda. Kam o‘rganilgan, olis joylardagi uchastkalar “birinchi kelgan - birinchi oladi” tamoyili asosida beriladi, o‘rganish darajasi yuqori istiqbolli maydon va konlar auksion va tanlovlarga chiqariladi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishda bir martalik bonuslar o‘rniga har yilgi to‘lovlar hamda yillik minimal xarajatlar joriy qilinadi. Bu litsenziarni o‘z uchastkasida tezroq geologiya-qidiruv va qazish ishlarini o‘tkazishga undaydi, ob’ektlar samarasiz turib qolmaydi. Yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish, omonatga yoki garovga qo‘yish taqiqlanmoqda.

Ortiqcha yukni qisqartirish maqsadida litsenziya olishda talab etiladigan muayyan hujjatlar, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisoblar, talabgor moliyaviy mablag‘lari, mavjud texnika va boshqa imkoniyatlari kabi ma’lumotlar ro‘yxati bekor qilinmoqda.

Yerosti boyliklaridan foydalanishdagi maxsus vakolatli davlat organlari vakolat doiralari aniq belgilab qo‘yilmoqda. Maydon yoki kondan foydalanish tugaganidan so‘ng, atrof-muhitni qayta tiklash, rekultivatsiya qilish tadbirlari moliyaviy manbalari tizimli shakllantirilib, kafolatli bajarilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer qa’ri uchastkalarini hadya qilish va meros qilib qoldirish taqiqlab qo‘yiladi