SSV matbuot xizmati bolalar endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimovaning muhim fikrlarini taqdim etdi:
— Epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, oxirgi o‘n yil ichida qandli diabetning 1-turi bilan kasallanish, ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ortib bormoqda. U autoimmun xastalik bo‘lib, atrof-muhitdagi patogenetik omillar (toksin, virus) pankreatin beta-hujayralarni shikastlaydi. Zararlanish 70-80 foizga yetgach, xastalikning klinik manzarasi namoyon bo‘ladi.
Agar o‘z vaqtida tashxis va davo choralari ko‘rilmasa, og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va chaqaloqlarda turli asosiy kasalliklar sababli qand miqdorining ko‘tarilishi yoki gipperglikemik sindrom kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iborat.
Bolalarda mazkur kasallik turi o‘tkir kechadi. Ota-onadan ham, shifokordan ham bu davrda katta ma’suliyat talab qilinadi. Tezkor tashxislash va shu yo‘sinda davolash jajji bemor ahvolini yaxshilaydi.
Qandli diabetning 1-turi autoimmun kasallik bo‘lganligi uchun nasldan naslga o‘tadi.
Shunga qaramay, bola qat’iy parhezga amal qilsa, jismoniy faol bo‘lsa va doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallikning kechki asorati oldi olingan bo‘ladi.
Agar aksi kuzatilsa, ko‘z, buyrak faoliyatida buzilish qayd etiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo‘y o‘smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolishi holatlari kuzatiladi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin