Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida o‘tkazilgan «Qoradori—2022» tezkor-profilaktik tadbiri davomida fuqarolar uyda bangixona tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirlarning ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida taqiqlangan ekinlarni, ya’ni tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish bilan bir qatorda giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish yoki tarqatish maqsadida tashkil etilgan bangixonalarni fosh etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Hazorasp tumani IIB JQB xodimlari 14 avgust kuni xolislar ishtirokida shu tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan B.A.ning uyiga borganida u yerda bangixona tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Xonadon egasi B.A. o‘zining mahalladoshi — 1975 yilda tug‘ilgan X.R. bilan opiy giyohvandlik vositasini qo‘lbola moslamalardan foydalangan holda birgalikda iste’mol qilayotgani aniqlandi.
Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Surishtiruv jarayonida giyohvandlik vositasini mehmon o‘zi bilan birga olib kelgani va mezbon zarur shart-sharoit yaratib bergani ma’lum bo‘ldi. Giyohvand sheriklar iste’molidan qolgan opiy va uni iste’mol qilishga moslashtirilgan jihozlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Foto: Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi