Idrisshoh o‘zining “Orzular karvoni” nomli kitobida keltiradi:
“Mo‘g‘ul diyorining podshosi o‘zining a’yonlari bilan ibodatxonasida kishilardan ajralib olib ibodat qilayotgan bir hakim kishining oldidan o‘tdi.
Hakim ularni ko‘rib dedi:
- Kim menga yuz dinor bersa unga bir nasihat aytaman!
Podshoh dedi:
- Yuz dinor turadigan nasihat qanaqa nasihat ekan?
Hakim dedi:
- Avval pulni ber, so‘ngra nasihatni eshitasan!
Podshoh qimmatbaho bir nasihat eshitish umidida pulni berdi. Hakim dedi:
- Qanday tugatishni bilmaydigan ishingni boshlama!
Podshohning a’yonlari uzoq kulishdi. Hakim podshohni aldadi deb o‘ylashdi. Podshoh ularga:
- Kulmanglar! Uning nasihati haqiqatdan ham qimmatbaho nasihatdir. Uni qasrim devoriga oltin suvi bilan yozdirib qo‘yaman!
Sal vaqt o‘tib bir kishi podshohga suiqasd qilib uning o‘rniga podshoh bo‘lmoqchi bo‘ldi va uning sartaroshiga pul hamda xanjar berib, xanjarni podshohning soch-soqolini olayotib uning ko‘ksiga sanchishini aytdi.
Aytilgan vaqt keldi. Podshoh sartaroshning kursisiga o‘tirdi. Sartarosh endi xanjarni chiqarmoqchi bo‘lganida qasr devoridagi mashhur yozuvga ko‘zi tushdi. O‘ziga-o‘zi dedi:
“Agar podshoh o‘lmay qolsa meni ham, oilamni ham qirib tashlaydi. Agar o‘ldirishga muvaffaq bo‘lsam yangi podshoh o‘z qilmishini yashirish uchun meni o‘ldiradi!”.
Podshoh sartaroshdagi hadikni sezib qolib unga nima bo‘lganini so‘radi. Sartarosh podshohga uyushtirilishi ko‘zlangan suyuqasdni tafsiloti bilan aytib berdi. Podshoh suyuqasd uyushtirganlarning barini qo‘lga oldi. So‘ngra yuqoridagi nasihatni sotib olgani uchun kulgan a’yonlarini chaqirtirdi. Ularga dedi:
“Sizlar bu nasihatni sotib olganimda kulib meni aldandi, degan edinglar. Men aslida nasihatni emas o‘z hayotimni va podshohligimni sotib olgan ekanman!”
Bir ishni boshlashdan oldin uni qanday tugatish haqida o‘ylab ko‘ring.
Agar qalbingizdan bo‘lmasa birovga “seni yaxshi ko‘raman” demang. Bu jinoyatdir. Chunki birovning qalbida o‘t yoqib so‘ngra uni o‘chirishdan qabihroq ish yo‘qdir!
“Yo‘q” deyishni istab turgan bo‘lsangiz hech qachon “ha” demang. Yo‘qsa rad qilishingiz lozim bo‘lgan narsaga rozi bo‘lganingiz uchun qolgan umringizni to‘lov sifatida berib yurishga majbur bo‘lasiz.
Borishni istamayotgan vokzalingizning yo‘lidan ham yurmang. Ular kabi bo‘lishni istamaydigan kishilaringiz bilan yo‘lning boshidan hamsuhbat bo‘la ko‘rmang. O‘zingiz istamagan mutaxassislikka avval boshdan aralashmang.
Bizga bu dunyoda bir marta umr beriladi. Nimani istayotganimizni avvaldan aniqlab olaylik!
Abdulqodir Polvonov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi