Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi poytaxtda boshlangan sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida shahar aholisi uchun tibbiy ko‘rik va sayyor qabullar tashkil etilayotgani haqida ma’lumot berdi.
«Bugungi kunda sog‘liqni saqlash sohasi oldiga butunlay yangi talab va vazifalar qo‘yilmoqda. Eng avvalo, sifatli tibbiy xizmatni «mahallagacha tushirish», ular tarmog‘ini yanada kengaytirish, tizimni odamlarga yanada yaqinlashtirish, bu orqali fuqarolarning sog‘liqni saqlash yo‘nalishidan roziligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
Jumladan, birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini mutlaqo yangi yondashuvlar asosida tubdan o‘zgartirilmoqda. Yuqori malaka va texnologiyalar talab qiladigan tibbiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaydi. Har bir mahallada «xonadonbay» ishlaydigan tibbiy brigadalar tashkil etilib, aholi 120 turdagi dori vositalari bilan bepul ta’minlanmoqda.
Qolaversa, mahallalarda yangi tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xavf guruhiga kirgan aholi maqsadli skriningdan o‘tkazilyapti. Bularning barchasi o‘z navbatida aholini tibbiyot muassasalariga emas, aksincha sog‘liqni saqlash sohasi vakillarini xalqqa yanada yaqinlashtiryapti.
Tibbiyot tizimidagi ushbu ijobiy o‘zgarishlar nafaqat yurtimizning olis va chekka hududlarida yashovchi aholini, balki poytaxtimizda istiqomat qilayotgan millionlab yurtdoshlarimiz salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, Toshkent shahridagi mavjud 12 ta tumanda yashovchi fuqarolarni yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat bilan qamrab olish, xususan, ehtiyojmand bemorlarni davlat hisobidan bepul davolash, uyma uy yurish orqali og‘ir bemorlar holidan xabar olish maqsadida olib borilayotgan ishlar ko‘lami keng. Biroq sohada yechimini kutayotgan masalalar ham yo‘q emas.
Qayd etish kerak, bugungi kunda Toshkent shaharida istiqomat qilayotgan 2 million 860 mingdan ziyod aholiga 211 ta tibbiyot muassasasi xizmat ko‘rsatadi. Shundan 167 tasini Toshkent shahar cog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi, qolgan 44 tasini esa respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va klinik shifoxonalari tashkil etadi. Qolaversa, 70 ta oilaviy poliklinika, 1 ta talabalar, 12 ta markaziy ko‘p tarmoqli, 7 ta bolalar va 3 ta kattalar stomatologiya poliklinikasi bo‘lib, 1 ta tuman, 38 ta shahar shifoxonasi hamda 5 ta bolalar klinik tibbiyot muassasasida shahar aholisi salomatligi muhofaza qilinmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, bugun poytaxtda eng ko‘p taraqalgan kasalliklar orasida birinchi o‘rinni ichki sekretsiya bezlari, ovqat va modda almashinuvi xastaliklari, keyingi o‘rinlarni qon aylanish tizimi, ovqat hazm qilish, qon va qon yaratish hamda nafas olish a’zolari kasalliklari band etgan.
Mazkur xastaliklarni davolash, sohaga doir masalalarni tizimli va manzilli hal etish uchun, avvalo, aholining bu boradagi muammolarini o‘rganish hamda ularga ijobiy yechim topish kabi qator chora-tadbirlar talab etiladi.
Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sog‘lomlashtirish aksiyalari, yurtimizda yashovchi bemorlar huzuriga eng malakali shifokorlar, yetakchi tibbiyot olimlarining o‘zlari kirib borayotgani sifatli tibbiy xizmatni «mahallagacha tushirish», uni odamlarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qilyapti.
Qator viloyatlardan so‘ng vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari olimlari, jami 150 nafardan iborat maxsus guruhning bu galgi manzili — Toshkent shahri.
Poytaxtda tashkil etilayotgan sog‘lomlashtirish aksiyasi davomida dastlab shahar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qolaversa, ularda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tumanlar kesimida bemorlar ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirilgan.
O‘z navbatida, yurtimizning yetakchi shifokorlari aholi bilan uchrashib, «xonadonbay» tamoyili asosida ko‘p tarqalgan kasalliklar balansini yaratishga ko‘maklashadi. Fuqarolar o‘rtasida tibbiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi. Qolaversa, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini yaxshilash, aholining sohaga doir muammolariga ijobiy yechim topish ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, aksiya doirasida poytaxtning qator tumanlarida sayyor qabullar, tibbiy ko‘riklar tashkil etish rejalashtirilgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi