Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qiluvchi shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu jinoyat fosh etildi.
Xususan, Yakkabog‘ tumani «Istiqbol» MFYda yashovchi P.A. tomorqasida 2 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Bundan tashqari, P.A.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganda yerto‘lasida 342,7 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topildi.
Holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi