Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida xonadondan 900 ming so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tuman ichki ishlar bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, 5 avgustdan 6 avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida tumanning «Chorsu» mahallasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan Q.O.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli 900 ming so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tumani IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani «Degrezon» mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxs sodir qilgani aniqlangan.
Natijada jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?