18:14 / 29.08.2022
866

Elektron to‘lovlarda firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Elektron to‘lovlarda firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Foto: Senat axborot xizmati
29 avgust kuni Senat Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Tashuvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilayotgani aytib o‘tildi.

Mamlakatda elektron to‘lov vositasidan firibgarlik, aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zga mulkiga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq jinoyatlarni Jinoyat kodeksi 168- va 169-moddalarini og‘irlashtiruvchi holat sifatida javobgarlikni belgilovchi norma bilan to‘ldirilayotgani qayd etildi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros ob’ektlariga nisbatan hurmatsizlik qilish, tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi norma kiritilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022 yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron to‘lovlarda firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi