Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, Aziz Botirovich Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Kunning birinchi yarmida Qonunchilik palatasi bu nomzodning vazir bo‘lishini ma’qullagan edi.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida “Biznes boshqaruvi” bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi bo‘lgan. 2020 yil mart oyidan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, QXVni uch yil boshqargan Jamshid Xo‘jayev o‘tgan oyda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi