
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro do‘konda o‘g‘rilik sodir etgani aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Xabar qilinishicha, 26 avgust kuni Yashnobod tumanida joylashgan do‘konlarning birida 1984 yilda tug‘ilgan A.R. jami 503 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida A.R. 29 avgust kuni surunkali kasallik tufayli vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Shu sababli ish hujjatlari yurituvdan tugatildi.
Yashnobod TumanToshkent ShahriO‘g‘rilik VoqeasiIjtimoiy TarmoqKasallik VafotIchki Ishlar Boshqarmasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar