11:50 / 02.09.2022
1 082

Shavkat Mirziyoyev: «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan»

Shavkat Mirziyoyev: «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan»
Taraqqiyot strategiyasining amalga joriy etilishi haqida gap borar ekan, quyidagi nuqtalarga alohida urg‘u berildi:

«Yangi O‘zbekiston:
– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;
– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;
– tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir
».

Shuningdek, 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida bajariladigan vazifalar belgilab berildi:
«...ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz. Buning uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Ushbu tizim avval ilg‘or xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, keyingina hayotga tatbiq etiladi. Natijada Yangi O‘zbekiston maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishadi. Buning uchun barcha hududlarimizda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor beramiz.

Ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limni har tomonlama rivojlantiramiz
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan»