date
views 876

5 sentabr kuni O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga qadam qo‘ydi

5 sentabr kuni O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga qadam qo‘ydi
Foto: edu.uz
Bugun, 5 sentabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022-2023 o‘quv yili darslari boshlandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bolalar umumta’lim maktablari 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etildi, unda maktablar ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yili birinchi dars soati — “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 sentabr kuni O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga qadam qo‘ydi