
Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi maktablardan birining o‘qituvchisi o‘quvchilarga kitob tarqatish uchun ularni otayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Nurobod tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, kitoblarni otgan o‘qituvchi ishdan olingan.
Ta’kidlanishicha, Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlariga ko‘ra, tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf rahbari Shohida G‘afforova maktab darsliklari va mashq daftarlarini o‘quvchilariga qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi ma’lum bo‘lgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 6, 2022
O‘qituvchiga xos bo‘lmagan harakati sababli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-«D» sinf rahbari Shohida G‘afforova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilishini nazoratga olmagani va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani sabab maktab direktori E.Hamrayev ham egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Samarqand ViloyatiNurobod TumaniO‘qituvchi EtikasiMaktab DarsliklariO‘quvchilar TarqatishIshdan Olish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar