Xitoylik tadbirkor maymun otgan toshdan halok bo‘ldi

Xitoylik tadbirkor, Guan Sheng Yuan oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ven Mao Yuntay tog‘lariga safari chog‘ida maymunning otgan toshidan halok bo‘ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Hodisa 19 aprel kuni ro‘y berdi. 67 yoshli tadbirkorning o‘limiga uning boshiga kelib tushgan tosh sababchi bo‘ldi. Toshni tog‘ning ustida turgan maymun pastga uloqtirgan edi. Maoni o‘sha zahotiyoq shifoxonaga olib ketishdi. Biroq, shifokorlar tadbirkorning hayotini saqlab qololmadi. Yuntay tog‘i yovvoyi maymunlar yashaydigan diqqatga sazovor maskan hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing