3 102
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari litsenziyani qay tartibda olishi ma’lum qilindi

2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil 31 dekabrgacha fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilgandi. Toshkent shahar Transport boshqarmasi haydovchilarning o‘zini o‘zi band qilib yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishi qay tartibda amalga oshishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 4 o‘rindiqli transport vositasi haydovchisi avvalo Davlat Soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga borib o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 300 ming so‘m to‘lab guvohnoma oladi.
So‘ngra davlat xizmatlari markaziga borib qo‘lidagi guvohnomaga asosan yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasi olish uchun 1 yilga davlat boji to‘lab litsenziya varaqasi oladi. To‘lov — 300 ming so‘m.
Shunda haydovchi jami bo‘lib 1 yilga 600 ming so‘m sarf qiladi. Boshqa, kunlik to‘lovlar mavjud emas.
Shu orqali taksi belgili plafon olib transport vositasini tom qismiga o‘rnatib yo‘lovchi tashishi mumkin. Plafon bo‘lmasa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-4 moddasiga (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish) ko‘ra javobgar bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar