13:51 / 10.09.2022
1 507

Samarqandda folbin fuqaroning onasini davolash uchun 200 ming dollarlik uyini o‘z nomiga o‘tkazib olgani aniqlandi

Samarqandda folbin fuqaroning onasini davolash uchun 200 ming dollarlik uyini o‘z nomiga o‘tkazib olgani aniqlandi
Samarqand viloyati Samarqand shahrida fuqaroni chuv tushirgan firibgar folbin ushlandi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 8 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilib, unda xolasi 59 yoshli B.L. o‘zini diniy tabib ekani, onasi 67 yoshli B.G.ni davolash kerakligini aytib, ishonchiga kirganini ma’lum qilgan.

Folbin bemorni davolash uchun diniy tomondan zakot sifatida onasining nomida bo‘lgan Samarqand shahrida joylashgan qiymati 200 ming dollar bo‘lgan uyni o‘tkazib berishni aytib, ushbu uyni o‘zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Fuqaro R.D. unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat