16:03 / 10.09.2022
1 453

Navoiyda maktab direktori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida qutqarildi

Navoiyda maktab direktori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida qutqarildi
Ijtimoiy tarmoqlar 9 sentabr kuni Navoiyda maktab direktori Xalq ta’limi bo‘limining bosimi ostida o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Navoiy viloyat prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M.E. joriy yilning 7 sentabr kuni soat 15:00 larda yashash hovlisidagi olma daraxtiga arqon yordamida o‘zini osib o‘z joniga suiqasd qilgan vaqtda akasi R.F. ushbu holatni ko‘rib qolgan va fuqaro tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat