Foto: Davlat ekologiya qoʻmitasi
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Farhod Dehqonov hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib «Gazeta.uz» xabar qildi.
Qayd etilishicha, boshqarma boshligʻi 9 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish, davlat yoki jamiyatga juda koʻp miqdorda zarar etkazish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
«Farhod Dehqonov asosiy vazifasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish kerak boʻlgan holda, oʻz mansab vakolatlarini suiiste'mol qilib, goʻyoki daraxtlarni koʻchirishga ruxsat bergani vaji bilan ularning nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi
Yangiyoʻlda ekologiya inspektorlarini kaltaklab ketgan shaxslar qidirilyapti
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash boshlanadi
Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?