10:46 / 11.09.2022
1 042

«Yangi binolar 50 yillik muammo yoki foyda bo‘lishi mumkin» — Ekologik qurilish kengashi asoschisi Temur Ahmedov

«Yangi binolar 50 yillik muammo yoki foyda bo‘lishi mumkin» — Ekologik qurilish kengashi asoschisi Temur Ahmedov
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida davlatlar, o‘z tabiiy resurslariga ko‘ra turli xildagi to‘siqlarga uchramoqda. Bunday vaziyatda zarur sohalar bo‘yicha yillar davomida tajriba yig‘gan mutaxassislar maslahati va ko‘magi, ishlab chiqarish sohasiga kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi.

«Daryo» bilan suhbatda O‘zbekiston Ekologik qurilish kengashi asoschisi Temur Ahmedov mamlakatda mana shunday kengash tuzishga zarurat bor-yo‘qligi va u nimalardan iborat ekani haqida savollarga javob berdi.

Oklahoma shtatidagi qator tajribalardan kelib chiqib, xalqaro ekspert energetika sohasidagi kamchiliklar haqida gapirdi.

"Birinchidan, hozir qurilishlar ko‘p, yangi binolar qurilyapti. Agar imorat yaxshi qurilsa 50—70—100 yil xizmat qiladi. Muammo bilan qurilsa ham shuncha yil turadi. Ya’ni siz bino dizaynini energiya tejab ishlaydigan qilmasangiz, o‘sha 100 yilda isrof qilib ishlaydi.

Bino arxitekturasi chizilayotganda ko‘p narsalarni to‘g‘rilasa bo‘ladi. Qog‘ozda chizganda narx nolga teng, uni qaytadan chizishingiz, o‘zgartirishingiz mumkin. Ammo binoni qurib bo‘lgandan so‘ng, uni almashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilk qadamlarni, bu fikrlarni dizaynerlar va arxitektorlar bilan oldindan reja qilish zarur
", — deydi O‘zbekiston Ekologik qurilish kengashi asoschisi Temur Ahmedov.

«Mutaxassislarni chaqirib binoni qanday joylashtirsa to‘g‘ri bo‘lishi haqida maslahat qilib, bunda ‘quyosh yurishi’ va yana boshqa samarali yo‘llarni topsa bo‘ladi», — deydi ekspert.

"Ikkinchidan, iqtisodiyotning tez rivojlanishi ko‘p energiya talab qiladi. Bu holatda bor energiya stansiya yetmasligi mumkin. Mana bizning sharoitda yetmayapti, goho paytlar chiroqlar o‘chib qoladi. Yangi qurilayotgan korxonalar sababli, energiya tizimimiz kuchi barchasiga yetmayapti", — deydi O‘zbekiston Ekologik qurilish kengashi asoschisi Temur Ahmedov.

Mutaxassis bu muammoning yechimi bir tomondan eskirgan tarmoqlarni yangilash bo‘lsa, ikkinchi tomoni yangi elektr stansiyalar qurish ekani haqida gapirdi. Bizda yiliga 15—16 gigavatt energiya chiqariladi. Maqsad uni ikki barobar ko‘paytirish aslida, deya o‘z fikrini bayon qildi ekspert.

Hozirgi sharoitda eng samarali yo‘llardan yana biri korxonalar binosidagi energiya isrofini kamaytirish.

«Tajribamdan ma’lumki, har qanday binoga borsam kamida 20 foiz isrof topiladi. Bu umumiy hajmda bitta elektr stansiya degani», — deya bino qurilishida bo‘layotgan isrofgarchilik haqida gapirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat