15:52 / 11.09.2022
1 006

Davlat organlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi

Davlat organlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi
Prezidentning «Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari qabuliga elektron navbatga yozilish;

2023 yil 1 apreldan aholining mahalladan turib davlat organlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat uchun so‘rov yuborish va Xalq qabulxonalari orqali davlat organlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat qilish;

2024 yil 1 yanvardan viloyatlar markazlarida joylashgan mahallalardan turib;

2025 yil 1 yanvardan tuman markazlarida joylashgan mahallalardan turib;

2026 yil 1 yanvardan respublikamizning barcha hududidagi mahallalardan turib davlat organlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat yo‘llash amaliyoti joriy qilinadi.

2022 yil 1 oktabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tashqari boshqa manbalardan (tashkilotning rasmiy veb-sayti, pochta aloqasi, idoraviy ishonch telefoni, fuqarolarning shaxsan tashrif buyurishi orqali hamda rahbar va mansabdor shaxslarning qabulidan) o‘zlariga bevosita kelib tushgan barcha murojaatlar Yagona onlayn platformada ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda «mahallabay» monitoring va tahlil qilinadi;

murojaatlar bilan ishlash muddati buzilganda, Yagona onlayn platforma orqali avtomatik tarzda yuqori turuvchi instansiyani elektron xabardor qilinadi hamda bu bilan «raqamli nazorat» o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat