21:28 / 11.09.2022
2 563

Bobomning nasihati

Bobomning nasihati
(tanlovga kelgan hikoya)

– Bolalikda bitta do‘stim bo‘lar edi. Yon qo‘shnimizning bolasi, – deb aytib bergan edi bobom. – Ba’zan ularnikida, ba’zan biznikida yotib qolar edik. Do‘stim o‘rniga yotib, shivirlab barmoqlari bilan nimanidir sanar edi.

Bir kuni undan nima qilayotganini so‘radim.

– Buvim o‘rgatgan, uyqudan oldin yigirma bitta marta «Bismillohir rohmanir rohiym», deyish kerak ekan.

– Nega, nima uchun?

– O‘shanaqa qilsa, yaxshi bo‘lar ekan.

Hayotim davomida Olloh qodir qilguncha tahsil oldim, o‘rgandim, bilganlarimga rioya qilish harakatida bo‘ldim. Ularning orasida hech esimdan chiqmaydigani – do‘stimning aytgani. Uning buvisi yaxshi bo‘ladi, deb aytgan gap hayotimizni yaxshilikka boshladi. Mana, oradan qancha yillar o‘tsa-da, har kuni tunda uyqu avvalidan «Bismillah»ni takrorlashni qoldirmadim.

Kichkina paytlarimizda tanga solib jamlaydigan kichkina teshigi bor qutilarimiz bo‘lgich edi. Tiyinlarni jamlaydigan edik. Qutini ochganimizda yaxshigina sarmoya yig‘ilganiga rosa quvonar edik.

Umr-da misli mablag‘ jamlaydigan quti. Uyqu avvaldan «Bismillah»ni, zikrlarni aytishning hech qiyin yeri yo‘q. Bu bilan bilan odam mablag‘ qutisiga nimanidur tashlaydi. Men bugun nimaga erishdim, deb o‘zimni imtihon qilganimda, mablag‘ qutimda katta xazina yig‘ilganini ko‘raman. Biroq, bejiz sarflagan vaqtim ham oz emas. Ularni o‘ylasam, o‘zimdan g‘ijinib ketaman. Hay, shunga ham shukur. Olloh mablag‘ qutimizga tilla deb jamlaganimiz mis bo‘lib chiqishidan saqlasin.

Shuncha yil yashab, ko‘p narsalarni ko‘rdim. Shunday xulosa chiqardim: Umrning har fursatining qadriga yetib yashash zurur ekan. Ya’ni, har ezgu ishni «Bismillohir rohmanir rohiym» bilan boshlasak, har nafasda tasbeh, tahlil, salovatlar aytishga odatlansak, Alloh bergan umrni samarali sarf qilgan bo‘lamiz. Tilimizni salomga, salovatga, O‘ziga shukur qilishga, “La ilaha illolloh”ga o‘rgatsak, uyquda ham, beixtiyor ham shu so‘zlar aylanaveradigan bo‘ladi.

Sababi, bular Ollohga yo‘liqqanda, tarozida tosh bosadigan so‘zlardir. Ollohning huzuriga yuorib «aqcha quti» ochilgan vaqtda bolaligimizdagi kabi sevinish barchamizga nasib etsin.

Hozir bobom dunyoda yo‘q. Biroq, u inson o‘ragtganidek, har tuni ko‘p marta «Bismillah»ni takrorlamasdan uxlamayman. Vaqtning qadriga yetayin, «aqcha quti»mni yaxshi narsalar bilan to‘ldirayin deymen. Hech kimning mablag‘ qutisi bo‘sh qolmasin, deb hamisha duoga qo‘l ochaman.

Bahodir Abdiramonov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat