22:50 / 11.09.2022
1 389

Ilmsizlik og‘dirgan, bag‘rikenglik qaytargan hidoyat hikoyasi

Ilmsizlik og‘dirgan, bag‘rikenglik qaytargan hidoyat hikoyasi
Assalomu alaykum.

Ismim Muhammadjon (riyokor bo‘lib qolmay deb o‘zgartirib aytaman). Musulmon oilada tug‘ildim. Lekin ota-onam unchalik dinga berilgan emasdi. Men ham o‘zimni shunday oilada dunyoga kelganim uchungina musulmonman deb bilardim. Alloh taolodan nimani so‘rasam beradi deb o‘yladim. Namoz o‘rganib, manfaatli narsalarni so‘ray boshladim. Qancha so‘rashimga qaramay, bermadi (shunaqa deb o‘yladim). Kechroq bo‘lsada angladim-ki, bergani himmat, bermagani hikmat ekan aslida. Allohga bo‘lgan ishonchsizlik paydo bo‘la boshladi.

Ateist bo‘ldim. Savollarim ko‘paydi.

Nega Alloh bu dunyo sinovini oldindan bilsa ham sinov qilaveradi?

Chunki, Uning bilishi bizni bunga majburlashi emas. Sabrimiz va iymonimiz sinalib darajamiz yuksalishi ekan, aslida.

Nega najot yo‘lida bo‘lsa ham, musulmonlarni hammasi ham baxtli emas? Chunki, hammasi ham amal qilmas, qilganlari esa xotirjam va mamnun ekan. Qur’on ko‘plab insonni mayda-chuyda ikir-chikirlari haqida va qanday ish qilish kerakligi haqida xabar bersa, demak insonlar tomonidan yozilgan bo‘lishi mumkinmi? Yo‘q, chunki qiyomatgacha o‘zgarmaydigan holatdagi kitobda insoniyat uchun dasturul amal bo‘la oladigan kitobni inson yozishga ojizlik qilarkan. Qur’onning o‘zgarmasligi esa alohida haqiqat.

Aytsam savollarim tugamaydi. Men esa anglaganlarimni ham birga yozdim. Bularni ko‘paytirmay qo‘ya qoldim.

Xullas, ateizm eng to‘g‘ri yo‘l deb bilardim. Lekin umrim davomida qilgan eng katta xatoyim shu edi.

Yuqoridagi savollarimga o‘zimcha javob berish uchun aqlni ishlatdim. Qarasam shunchaki bilimsiz odam ham sog‘lom aqli bilan javob topishi mumkin bo‘lgan sodda savollar ekan.

Tushunib yetgan narsam shu bo‘ldiki, bizni Allohning zoti haqida noraso aqlimizni ishlatishga haqqimiz ham imkoniyatimiz ham yo‘q! Garchi mahluqotlar ichida eng aqllisi bo‘lsak ham!

Bir joyda o‘qib qoldim. Nega endi hammamiz ota-onamizdan bizni dunyoga keltirganiga shubxa qilib qarab, isbot talab qilmaymiz? Chunki ishonch bor. Biz imtihon hovlisidamiz!

Allohni rahmati la’natidan ustun, degan gapni to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qildim. Insonlar Allohni unutib, fitnalarni o‘zlari boshlaydilar. Keyinchi? Garchi biz Uning rahmatiga loyiq bo‘lmasak ham, Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biri shu. O‘ziga qaytgunimizcha O‘ziga qaytishga muhlat beradi. Rahmati va adolatining hammasini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Agar ateist tolerant va xolis bo‘lib yaxshilab o‘ylab ko‘rsa, haqni izlasa va ilm olsa islomga qaytadi, InShaaAlloh!

Hozirgi kundagi minglab fitnalar, gunohlar sababidan Alloh bizni jonimizni olib qo‘ya qolmayotgani ham bir ne’mat. Ateistlar esa tushunmasdan turib o‘zini haqman deb biladi. Ular o‘zlarini aldaydilar, xolos. Vijdonan tolerant bo‘lib haqni izlaydigan ateistlar islomni qabul qiladilar. G‘ayridin olimlardan ko‘pchiligi Islomni qabul qila boshlagani ham ma’lum. Ko‘zi ko‘rlar esa yurishibdi, ateistlarning rahnamolaridan biri Richard Dokinzga o‘xshab «dunyoning yaralishida bir sir bor. Balki o‘zga sayyoraliklar yaratgandir» deb.

Ateistlarni ko‘pchiligini davat qilishga harakat qildim. Lekin ular hattoki ateistik ta’limotni ham bilmaganliklari uchun xatosini tan ololmay orqa o‘girishyapti. Ular o‘zlarini aqlliman deb hisoblashadi. Lekin ba’zilarining aqli yosh bolanikidan ham past. Men ham ilgari shunday edim. Mendagi tolerantlik sabab men iymonli bo‘ldim.

Hozir yoshim 17 da. Alhamdulillah, maqsadim umrim davomida pul yig‘ib bo‘lsa ham jamiyat uchun foydali shaxs bo‘lish, masjid barpo etish, ota-onamni hajga jo‘natish, Qur’onni to‘liq yod olish va hokazo…

Musulmon birodarlarimga Allohning rahmati bo‘lsin! Ateistlarga esa avval insof keyin iymon bersin!

Olamlar Robbi Allohga behisob shukrlar bo‘lsin!

Salom bilan musulmon ukangiz.

Manba: Muslim_Mind/715

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat