
Foto: Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Toshkent viloyatida 2022 yilning yanvar—avgust oylari mobaynida 35 mingga yaqin piyodalar qoida buzganligi uchun jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, hududda piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik suhbatlar bilan bir qatorda avtomobil yo‘llarida qoidabuzarlik sodir etayotgan piyodalarga choralar ko‘rilmoqda. O‘tgan 8 oy mobaynida 34 898 nafar piyodaga yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Foto: Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Foto: Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi: piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (hozirgi kunda 100 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Toshkent ViloyatiPiyodalar BuzilishiYo‘l HarakatiJarima MiqdoriProfilaktik SuhbatlarQoidabuzarliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar