18:58 / 13.09.2022
1 274

Qarzdorning javobgarlik masalasini hal etish uchun sudga hujjatlar yuborilmoqda

Qarzdorning javobgarlik masalasini hal etish uchun sudga hujjatlar yuborilmoqda
Joriy yilning 09 sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “BASTION” kanalida qarzdor M.Jumabayevning alimentni to‘lashga qurbi yetishi, nomida mashinalar borligiga qaramasdan aliment to‘liq undirib berilmayotgani bayon etilgan.

Ushbu xabar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 12.05.2012 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor M.Jumaboyevdan undiruvchi M.Nishonova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Andijon shahar bo‘limi yurutuviga 19.05.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni ko‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida “MIB-portal” dasturi orqali qarzdor M.Jumaboyevning nomida bo‘lgan “Nexia”, “Nexia-3”, “Captiva” rusumli avtotransport vositalariga taqiq qo‘yilgan.

O‘tgan davr mobaynida 2 982 000 so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchi M.Nishonovaga topshirilgan. Biroq, ogohlantirishglarga qaramay qarzdor M.Jumaboyev tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab aliment qarzdorligi 01.09.2022 yil holatiga 12 950 896 so‘mni tashkil etgan.

Shu sababli, qarzdor M.Jumaboyevga tegishli “Captiva” rusumli avtomashina 12.09.2022 yilda xatlanib, jarima maydoniga olib kirib qo‘yildi hamda qarzdorlik to‘lanmasa avtomashina elektron onlayn-auksion savdosi orqali sotilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Shuningdek, hozirda M.Jumaboyevga nisbatan javobgarlik masalasini hal etish uchun hujjatlar to‘planib, jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudiga taqdim etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat