Toshkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Bugun, 14 sentabr kuni soat 09:02 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Bens» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:05 da yong‘in joyiga yetib borgan va soat 09:08 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtobus motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar