11:29 / 14.09.2022
1 875

Samarqandga SHHT sammiti oldidan oliy darajali mehmonlar yetib kela boshladi

Samarqandga SHHT sammiti oldidan oliy darajali mehmonlar yetib kela boshladi
Ayni kunlarda nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa nigohi, e’tibori Samarqandga qaratilgan. Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bu qadim shaharda o‘tkazilishi tufayli juda ko‘pchilik Samarqand sari oshiqmoqda.

Samarqand bu muhim tadbirga to‘la tayyor. Bugun, 14 sentabrdan boshlab xorijiy mehmonlar, davlat rahbarlari yetib kela boshladi. Ilk mehmon Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning Samarqandda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, ayni daqiqalarda BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugun Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan so‘ng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy raisi Si Szinpin va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi. Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15 sentabr kuni kutilmoqda.

Bu kuni ko‘plab ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan. Kechga yaqin SHHT sammiti norasmiy tadbirlari boshlanadi. Asosiy tadbir 16 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi Kongress holda bo‘lib o‘tadi.

Samarqand sammiti dolzarb mintaqaviy va global mavzularga boy kun tartibiga ega bo‘lishi, uning yakunlari bo‘yicha SHHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish imkonini beruvchi muhim, tarixiy ahamiyat kasb etuvchi qarorlar va hujjatlar bo‘lishi kutilmoqda.

Sammit SHHT o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda ochiq va keng hamkorlikni ilgari suruvchi, davlatlar o‘rtasida do‘stona, o‘zaro teng huquqli va manfaatli serqirra aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgan nufuzli tashkilot ekanini tasdiqlab berishi kutilmoqda
” – deydi Sherzod Asadov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandga SHHT sammiti oldidan oliy darajali mehmonlar yetib kela boshladi