09:15 / 16.09.2022
1 081

Putin Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi

Putin Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi
Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Iyul oyida Putin Mirziyoyevni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan edi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi
"Siz Rossiyaning ushbu yuksak mukofotiga hammadan ko‘proq loyiqsiz. Ko‘p jihatdan sizning shaxsiy e’tiboringiz tufayli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, fan va madaniyatda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", - dedi Putin.
Shavkat Mirziyoyev Putinga orden bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz (Rossiya va O‘zbekiston bilan bog‘liq) masalalarni birgalikda hal qilish uchun tutashish nuqtalarini topamiz", – dedi O‘zbekiston rahbari.

Aleksandr Nevskiy ordeni
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon vakillari Rossiya bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat