2 048
Qashqadaryoda qizning suratlarini Telegram’da tarqatib, sharmanda qilgan yigit ushlandi

Qarshi shahrida yashovchi 24 yoshli yigit hamshahari bo‘lgan qizning videotasvirlari va suratlarini Telegram’da tarqatib, sharmanda qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs Telegram messenjeri orqali qizi R.J.ning shaxsiy boshqalarga ko‘rsata olmaydigan videotasvirlari va suratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida video va fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.S. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar