
Mamlakatimizda aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida kredit mablag‘lari ajratilmoqda. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, olingan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarayotgan fuqarolarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.
Biroq, ayrim yurtdoshlarimiz bank oldidagi mas’uliyatlarini unitib qo‘yishmoqda. Sud qarorlariga asosan tijorat banklar foydasiga qarzdorlikni undirish Majburiy ijro byurosi organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 05.11.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor E.Sh.dan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” Navoiy filiali foydasiga 24.947.512 so‘m miqdorida kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati bo‘yicha berilgan ixtiyoriy muddat davomida qarzdorlik bartaraf qilinmagan, shuningdek, qarzdorlikni qoplab berish haqida qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ijro hujjati talablarini bajarmasdan kelgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi B.K.Permanov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdorlik belgilangan muddat davomida bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur avtomashina baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar