
Farzand ne’mati eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Uning ulug‘ligini to‘liq anglab yetish uchun befarzandlarning holiga nazar solish kerak. Ana shunda inson farzand ne’mati qanchalar ulug‘ ne’mat ekanini tushunadi. Farzandini voyaga yetib ulg‘ayishida uning ta’minoti uchun ota ham, ona ham birdek mas’ul.
Yurtimizda ota-ona voyaga yetmagan farzandlariga ta’minot berishi shartligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan, qarzdor M.M.dan undiruvchi G.X. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun uning voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Afsuski, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandiga moddiy ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmasdan, aliment pullarini to‘lamay kelayotgan qarzdor M.M.ni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor topilib, uning alimentdan qarzi 2022 yil 1 sentyabr holatiga 27 mln. so‘mni tashkil etishi aniqlandi va qarzdorga nisbatan shu yilning 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Zero, ta’minot otaning burchi, bolalarning haqqidir. Bolalarning ta’minoti, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy bilan ta’min etish otaning burchidir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar