13:20 / 23.09.2022
944

O‘zbekistonda ham «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilyapti

O‘zbekistonda ham «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilyapti
Foto: Rossiyskaya gazeta
Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard)ning ma’lum qilishicha, 23 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda «Mir» kobeyj kartasini quyidagi banklar muomalaga kiritgan edi:
- Aloqabank;
- Mikrokreditbank;
- Milliybank;
- Turonbank;
- Xalq banki;
- Qishlok qurilish bank.

Bugungi kunda Turonbank, Mikrokreditbank va Xalq banki saytlaridan Mir kartalar bo‘limi olib tashlangan.

Avvalroq, Yagona Respublika protsessing markazi ma’muriyati Uzcard O‘zbekistonda Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishda davom etishini ma’lum qilgandi. Bu esa e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Uzcard banklarning biznes siyosatiga aralashishga haqqi yo‘qligi, u shunchaki protsessing markaziligi va O‘zbekistonda «Mir» to‘lov kartalarini joriy etgan banklar nomidan gapirishi mantiqsizligi aytilgandi.

Hozirga qadar Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston va Vetnamning bir qator banklari AQSH va YEIning ikkilamchi sanksiyalariga tushish xavfi ortidan Rossiyaning «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ham «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilyapti