
Joriy yilning 22 sentyabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Toshkent metropoliteni» DUKning Korrupsiyani oldini olish xizmati xodimlari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida joriy yilning 22 sentyabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlangan.
Metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyatchiga nisbatan Prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “b” va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar