
Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limi ish yurituvida FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining qarorlariga asosan farzdor D.R.dan ATB "Mikrokreditbank" foydasiga 14.407.466 so‘m kredit, AT "Savdogarbank" foydasiga 28.741.900 so‘m kredit, TIF “Milliybank” foydasiga 54.000.000 so‘m kredit qarzlarini, shuningdek, Qo‘qon shahar IIB YYXB ning 30.06.2021 yilgi qaroriga asosan 122.500 so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogoxlantirilgan bo‘lsada, qarzlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan “KOBALT” rusumli avtomashina xatlanib “Ye-auksion” savdoga qo‘yilgan.
Auksion savdo natijasiga ko‘ra avtomashina 90.461.748 so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorning kredit qarzlarini, ma’muriy jarimalar hamda ijro yig‘imlarini qoplashga qaratildi va 19.09.2022 yilda ijro ishlari tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar