22:09 / 27.09.2022
1 379

Rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik ortidan 5 ta tuman hokimlari ishdan bo‘shatildi

Rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik ortidan 5 ta tuman hokimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Asaka, Farg‘ona, Paxtaobod, Nurobod va Andijon tumanlari hokimlari ishdan olindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Sh.Muminov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat