
CAVOL:
Ukamni yoshligida xolam emizganlar. Shunda xolavachchalarim faqat ukamga opa-singil yo aka-uka bo‘lishadimi? Yoki bizga hammi? Bu o‘rinda nikoh masalasi qanday bo‘ladi?
JAVOB:
Xolangizning qizlari ukangizga emikdosh opa-singillar bo‘lib, ular o‘rtasida nikoh joiz emas. Sizning oilangizdagi ukangizdan boshqa farzandlar xolangizning farzandlari bilan nikohlanishi joiz. Chunki ular sut emishgan aka-uka, opa-singil emas. Bu mavzuda "Kanzud-daqoiq" kitobida shunday deyiladi:
"Aka (yoki uka)sining emikdosh opa (yoki singlisi) unga halol bo‘ladi".
Ya’ni, chaqaloq begona biror ayolni emish muddati (ikki yarim yil) ichida emgan bo‘lsa, u ayolning farzandlari o‘sha emgan bolaga nikohi halol emas. Lekin emgan bolaning aka-uka, opa-singillari emizuvchi ayolning farzandlari bilan nikohlanishi joiz.
Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar