
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi ko‘rsatilgan.
Qonunchilikdagi mazkur tartib Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ham aliment to‘lovchi fuqarolarga muntazam tushuntirib borilmoqda.
Natijada asakalik fuqaro ixtiyoriy ravishda farzandi uchun 5 yillik aliment pullarini to‘lab berdi. Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 08.04.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Abdulxamidovdan undiruvchi N.Abdulxamidova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Bo‘lim xodimlarining tushuntirish ishlari natijasida qarzdor A.Abdulxamidov bir nafar bolasi ta’minoti uchun 2022 yil avgust oyidan 2027 yil avgust oyiga qadar hisoblangan 79 758 317 so‘m aliment pullarini to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar