00:37 / 04.10.2022
1 915

Qashqadaryoda shifokor qabulga kelgan bemor kartasidan 5 mln so‘m yechib oldi

Qashqadaryoda shifokor qabulga kelgan bemor kartasidan 5 mln so‘m yechib oldi
Foto: Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida oilaviy shifokorlik punkti feldsheri nogironligi bo‘lgan shaxsning bank kartasidagi pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Sh. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 5 million 40 ming so‘m pullarini yechib olganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Q.Sh.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Dehqonobod tumanida yashovchi, oilaviy shifokorlik punkti feldsheri — 1993 yilda tug‘ilgan B.E. ekani aniqlangan.

U mazkur jinoyatni fuqaro Q.Sh. oilaviy shifokorlik punktiga shifokor ko‘rigiga kelgan vaqtda uning mobil telefonidan bank kartasi ma’lumotlarini va SMS kodni qo‘lga kiritib, Click Evolution mobil ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirgan. B.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda shifokor qabulga kelgan bemor kartasidan 5 mln so‘m yechib oldi